Tarmoqda buklanuvchi "iPhone Ultra" smartfonining ilk suratlari tarqaldi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Tarmoqda buklanuvchi "iPhone Ultra" smartfonining ilk suratlari tarqaldiApple o'zining ilk buklama smartfonini 2026 yilda taqdim etishi mumkin

Xitoylik taniqli insayder Digital Chat Station Weibo tarmog'ida iPhone Ultra deb nomlangan ilk buklanuvchi qurilmaning uchta suratini e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ixbt.com nashrining yozishicha, suratlarda kitob shaklidagi, keng ramkali va ixcham dizayndagi smartfon aks etgan. Kadrlardagi yorug'lik effektlari, materiallar teksturasi va korpus elementlari juda aniq ishlangan bo'lib, mutaxassislar buni zavoddan olingan haqiqiy prototip yoki sun'iy intellekt yordamida yaratilgan yuqori sifatli render deb baholamoqda.

Taxminlarga ko'ra, iPhone Ultra ichki ekrani 7,7 dyuym, tashqi displeyi esa 5,3 dyuym o'lchamga ega bo'ladi. Qurilmaning asosiy texnik o'ziga xosligi shundaki, ovoz balandligini boshqarish tugmalari korpusning yuqori qismiga ko'chirilgan.

O'ng tomondagi quvvat tugmasi esa Touch ID barmoq izi skaneri bilan birlashtirilishi aytilmoqda. Biroq yopiq holatda ovoz tugmalaridan foydalanish foydalanuvchilar uchun biroz noqulaylik tug'dirishi mumkinligi ta'kidlandi.

Samsung Display kompaniyasi 2026 yilning iyun oyida iPhone Ultra uchun displeylar yetkazib berishni boshlashni rejalashtirmoqda. Apple kompaniyasi bir yil davomida ushbu modeldan 8 mln donagacha ishlab chiqarishni maqsad qilgan.

Hozircha ushbu ma'lumotlar rasman tasdiqlanmagan.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish