Shri-Lanka kiberhujumlar oqibatida 3 mln dollardan ortiq mablag' yo'qotdi
Shri-Lanka hukumati so'nggi vaqtlarda sodir etilgan ikkita kiberhujum natijasida 3 mln AQSh dollaridan ko'proq zarar ko'rdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Techcrunch nashri bergan ma'lumotga ko'ra, orol-davlat hamon 2022 yilda yuzaga kelgan qarz inqirozi oqibatlarini bartaraf etish bilan band. Hodisalar zanjiri AQSh pochta xizmati uchun yo'naltirilgan 625 ming dollarlik to'lov bir necha hafta davomida manzilinga yetib bormagach, diqqat markaziga tushdi.
Mahalliy rasmiylar kiberjinoyatchilar Hindistonga mo'ljallangan navbatdagi tranzaksiyani o'zlashtirishga uringan vaqtda ushbu holatni aniqladi. Bundan tashqari, Shri-Lanka moliya vazirligidan 2,5 mln dollar miqdoridagi mablag' o'g'irlangani ma'lum qilindi.
G'aznachilik kotibi tushuntirish berishicha, xakerlar to'lov tizimiga aralashib, mablag'larni haqiqiy qabul qiluvchi o'rniga begona bank hisob raqamlariga yo'naltirgan. Mazkur jinoyatlar biznes elektron pochta tizimini buzish (BEC) usuli orqali amalga oshirilgan.
Bunda xakerlar korporativ pochta qutilari yoki buxgalteriya dasturlariga kirish imkonini qo'lga kiritib, hisob raqamlarini soxtalashtiradi. Hozircha ushbu ikki o'g'irlikning o'zaro bog'liqligi rasman tasdiqlanmadi.
Shri-Lanka huquq-tartibot idoralari kiberjinoyatlar bo'yicha tergov harakatlarini davom ettirmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0