Pokistonda 19 yil qolib ketgan O'zbekiston fuqarosi yurtiga qaytarildi
O'zbekistonning Pokistondagi diplomatik vakolatxonasi uzoq yillar davomida ushbu davlatda murakkab hayotiy sharoitda yashagan fuqaro S.J.ni vatanga qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi. Aniqlanishicha, ayol 2024 yil fevral oyida elchixonaga murojaat qilib, qaytishda ko'mak so'ragan.
Tekshiruvlar natijasida uning 2005 yildan buyon Pokistonda vizasiz, noqonuniy yashab kelayotgani ma'lum bo'ldi. S.J.
2005 yilda mahalliy fuqaro bilan turmush qurish maqsadida ushbu davlatga borgan, biroq turmush o'rtog'i o'sha yiliyoq YTH oqibatida nogiron bo'lib qolgan. Ayol deyarli 20 yil davomida turmush o'rtog'ini parvarishlab, og'ir ijtimoiy va iqtisodiy vaziyatda kun kechirgan.
Diplomatik missiya sa'y-harakatlari bilan fuqaroning shaxsi tasdiqlanib, qaytish sertifikati rasmiylashtirildi. Pokiston Ichki ishlar vazirligi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida ayolning 21 yillik vizasiz yashagani uchun hisoblangan 8 400 AQSh dollari miqdoridagi jarimasi bekor qilindi.
Shuningdek, elchixona aviachipta masalasini ham hal qilib berdi. S.J.
2 may kuni O'zbekistonga olib kelindi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0