Aroqchi: AQShning Eronga qarshi operatsiyasi 100 mlrd dollarga tushdi
Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi AQSh hukumatini Eronga qarshi o'tkazilgan harbiy amaliyotlar xarajatlari bo'yicha ma'lumotlarni soxtalashtirishda aybladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Vazirning ta'kidlashicha, Vashington ushbu operatsiyalar uchun sarflangan mablag' miqdorini haqiqatdagidan bir necha baravar kamaytirib ko'rsatmoqda. Aroqchi taqdim etgan ma'lumotlarga ko'ra, AQShning Eronga qarshi harakatlari amalda 100 mlrd dollar mablag'ni tashkil etgan.
Biroq Pentagon ushbu xarajatlar miqdori taxminan 25 mlrd dollar atrofida ekanini e'lon qilgan. Eron tomoni rasmiy hisobot va real sarf-xarajatlar o'rtasidagi tafovut juda katta ekaniga e'tibor qaratmoqda.
Eron tashqi ishlar vaziri ushbu vaziyatda Isroil bosh vaziri Netanyaxuning siyosatini keskin tanqid qildi. Aroqchining fikricha, aynan Netanyaxu tomonidan qabul qilingan xavfli va shoshilinch qarorlar AQSh uchun kutilmagan moliyaviy yo'qotishlarni keltirib chiqargan.
"Netanyaxuning o'ylamay qilgan tavakkalchiligi Amerikaga rasman bildirilganidan to'rt baravar ko'proq zarar yetkazdi", — deya bayonot berdi Eron tashqi ishlar vaziri. Uning so'zlariga ko'ra, Isroil hukumatining harakatlari ittifoqchi davlat byudjetiga og'ir yuk bo'lib tushgan.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0