Aviakompaniyalar may oyida 2 mln yo'lovchi o'rnini bekor qildi
Dunyo bo'ylab aviatashuvchilar may oyiga rejalashtirilgan parvozlardagi yo'lovchi o'rinlari sonini 2 mln taga kamaytirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Umumiy taklif hajmi 132 mln o'rindan 130 mln o'ringa tushib ketdi. Ixbt.com nashrining ma'lum qilishicha, ushbu o'zgarishlarga aviayoqilg'i narxining keskin qimmatlashishi va logistika tizimidagi jiddiy muammolar sabab bo'lgan.
Xususan, Hurmuz bo'g'ozi atrofidagi siyosiy vaziyatning keskinlashishi yoqilg'i narxi oshishiga turtki bergan asosiy omil sifatida ko'rsatilmoqda. Yuzaga kelgan iqtisodiy bosim tufayli kompaniyalar reyslarni ommaviy ravishda bekor qilishga yoki parvozlar uchun kichikroq sig'imli samolyotlardan foydalanishga majbur bo'lmoqda.
Eng katta talofat Yevropa va Osiyo yo'nalishlaridagi qatnovlarda kuzatildi. Germaniyaning "Lufthansa" aviakompaniyasi maydan oktyabr oyigacha bo'lgan parvozlar dasturini qayta ko'rib chiqib, 20 mingga yaqin reysni jadvaldan chiqardi.
Osiyodagi yirik aviatsiya markazlarida joriy etilgan cheklovlar hamda yoqilg'i ta'minotidagi me'yorlar jahon aviatsiya bozorida talab va taklif o'rtasidagi nomutanosiblikni yanada chuqurlashtirmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0