BMW va Lufthansa Technik Boeing 737 uchun lyuks salon taqdim etdi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

BMW va Lufthansa Technik Boeing 737 uchun lyuks salon taqdim etdiBMW va Lufthansa Technik lyuks toifasidagi samolyot interyerini taqdim etdi

BMW Designworks bo'linmasi Lufthansa Technik kompaniyasi bilan hamkorlikda samolyot interyeri uchun The BOW nomli konsepsiyani ishlab chiqdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur loyiha yuqori darajadagi qulaylik va maxfiylikka ehtiyoj sezadigan yo'lovchilar uchun mo'ljallangan. Bu haqda Ixbt.com nashri ma'lumot berdi.

Konsepsiya Airbus A321 yoki Boeing 737 kabi tor fyuzelyajli havo kemalarini qayta jihozlashni nazarda tutadi. Loyihaga ko'ra, samolyot salonidagi odatiy 185–220 ta o'rindiq o'rniga atigi 28 nafar yo'lovchi uchun joy ajratiladi.

Natijada layner keng va hashamatli uchuvchi makonga aylanadi. Samolyotning old qismida bar, keng dam olish hududi hamda 14 ta alohida studiya tashkil etiladi.

BMW va Lufthansa Technik mutaxassislari ushbu format korporativ safarlar, sport jamoalari va musiqiy jamoalarning turnelari uchun qulay bo'lishini ta'kidlamoqda. Interyer dizayni BMW brendining o'ziga xos uslubida ishlangan bo'lib, iqlim nazorati va yoritish tizimini boshqarish texnologiyalari salon yuzalariga yashirin tarzda o'rnatilgan.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish