TikTokchi Spirit aviakompaniyasini sotib olish uchun 23 mln dollar to'pladi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

TikTokchi Spirit aviakompaniyasini sotib olish uchun 23 mln dollar to'pladiSpirit Airlines aviakompaniyasi faoliyatini to'xtatdi

Spirit Airlines aviakompaniyasi shanba kuni tunda barcha reyslarni bekor qilib, o'z faoliyatini to'xtatganini e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur qaror ortidan 17 000 nafar xodim ishdan bo'shatildi. Techcrunch.com nashrining xabar berishicha, chipta egalariga aeroportga kelmaslik tavsiya etilgan.

Arzon parvozlari bilan tanilgan kompaniyaning kutilmagan to'xtatilishi jamoatchilik orasida keng muhokamalarga sabab bo'ldi. Ushbu vaziyat fonida ovoz aktyori Xanter Peterson TikTok ijtimoiy tarmog'ida noodatiy tashabbus bilan chiqdi.

U AQShdagi voyaga yetgan aholining 20 foizi bittadan chipta narxini to'lagan holda aviakompaniyani sotib olishni taklif qildi. Peterson loyihani "Spirit 2.0: Xalq mulki" deb atadi va qisqa vaqt ichida maxsus veb-saytni ishga tushirdi.

Yakshanba kuniga qadar 36 000 nafar ko'ngilli "ta'sischi homiy" sifatida qariyb 23 mln dollar miqdorida mablag' ajratishga va'da berdi. Foydalanuvchilar oqimi natijasida loyiha serverlari ishdan chiqdi.

Ta'kidlash joizki, yig'ilgan mablag'lar hozircha majburiy bo'lmagan va'dalar hisoblanadi. Aviakompaniyani sotib olish va qayta tiklash uchun bir necha milliard dollar talab etiladi.

Peterson mavjud qiyinchiliklarni tan olgan holda, jarayonga aviatsiya huquqshunoslari va PR mutaxassislarini jalb etdi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish