Agent Mourinoning "Real Madrid"ga tayinlanishi haqidagi xabarlarni rad etdi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish1

Agent Mourinoning "Real Madrid"ga tayinlanishi haqidagi xabarlarni rad etdi
Portugaliyalik agent Pedro Azevedo «Real Madrid» bosh murabbiyligi atrofida tarqalayotgan mish-mishlarga munosabat bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, OAVda Joze Mourinoning Madrid klubiga qaytishi haqidagi xabarlar asossiz ravishda ko‘p muhokama qilinmoqda. Azevedo mutaxassis ayni damda «Benfika»da muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotganini alohida ta’kidladi.

«Avvalo, hamma Joze Mourinoning top-klubda ishlayotgani va yaxshi natijalar ko‘rsatayotganini unutayotgani menga yoqmayapti. Ko‘pchilik uning «Benfika» murabbiyi ekaniga e’tibor bermay, uni «Real Madrid»ga «yubormoqda».

Bu adolatdan emas. Agar Madrid klubi uni tayinlamoqchi bo‘lsa, birinchi navbatda Lissabon jamoasi bilan kelishishi kerak», — dedi agent.

Hozirgi vaqtda «Real Madrid»ni Alvaro Arbeloa boshqarib bormoqda. U mavsum davomida iste’foga chiqarilgan Xabi Alonso o‘rnini egallagan edi.

Arbeloaning klub bilan shartnomasi joriy mavsum yakuniga qadar amal qiladi. Eslatib o‘tamiz, matbuotda «qirollik klubi» bosh murabbiyligiga asosiy nomzodlar sifatida Joze Mourino bilan bir qatorda Zinedin Zidan va Yurgen Klopp ismlari ham tez-tez tilga olinmoqda.

Biroq hozircha klub rahbariyati yangi tayinlov borasida rasmiy bayonot bermagan.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish