AQSh 2026-yildan kosmik parvozlar uchun maxsus yig'im joriy etadi

0
AQSh 2026-yildan kosmik parvozlar uchun maxsus yig'im joriy etadiAQSh tijoriy kosmik parvozlar uchun maxsus yig'imlar joriy etadi AQSh Federal aviatsiya boshqarmasi (FAA) tijoriy kosmik missiyalar va apparatlarni yerga qaytarish jarayonlari uchun yangi to'lov tizimi yo'lga qo'yilishini e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur tartib 2026 yildan boshlab barcha litsenziyalangan operatsiyalar uchun majburiy etib belgilanadi. Ixbt.com nashrining xabar berishicha, yangi qoidalarga ko'ra, dastlabki bosqichda har 0,45 kg foydali yuk uchun 0,25 dollar miqdorida bazaviy stavka qo'llaniladi.

Bunda bitta parvoz yoki apparatning qaytishi uchun undiriladigan maksimal mablag' 30 000 dollar bilan cheklanadi. Loyiha doirasida to'plangan mablag'lar kosmik parvozlarni milliy havo harakati tizimiga integratsiya qilish jarayonlarini moliyalashtirishga sarflanadi.

Belgilangan tartibga muvofiq, operatorlar rejalashtirilgan missiyadan kamida 60 kun avval yuk vazni to'g'risidagi ma'lumotlarni taqdim etishi shart. FAA ushbu ma'lumotlar asosida hisob-faktura shakllantiradi va u 30 kun muddat ichida to'lanishi lozim bo'ladi.

Ushbu tizim joriy yilda amalga oshirilgan parvozlarga ham tatbiq etilishi ko'zda tutilgan. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko'ra, parvozlar hajmi ortib borayotgani sababli yillik daromad millionlab dollarni tashkil etishi mumkin.

Xususan, 25-29 ta sun'iy yo'ldoshni o'z ichiga olgan "SpaceX" kompaniyasining bitta "Starlink" missiyasi uchun yig'im miqdori taxminan 8-9 ming dollar atrofida bo'ladi. Yig'im stavkalari kelgusida bosqichma-bosqich oshirilishi rejalashtirilgan.

2033 yilga borib har 0,45 kg yuk uchun to'lov 1,50 dollarga, bitta missiya uchun maksimal chegara esa 200 000 dollarga yetkaziladi. Bunday choralar ko'rilishiga tijoriy parvozlar soni 2023 yildan buyon 50 foizdan ortiq ko'paygani asosiy sabab qilib ko'rsatilmoqda.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari