
"Barselona" klubi ayni paytda ijara asosida "Jirona" sharafini himoya qilayotgan darvozabon Mark-Andre ter Shtegenning xizmatlariga ehtiyoj sezmayapti. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Bu haqda taniqli jurnalist Fernando Polo ma'lum qildi. Manbaning ta'kidlashicha, yozgi transfer oynasida 33 yoshli posbon uchun eng munosib variant yana boshqa jamoaga ijara asosida o'tish bo'lib turibdi.
Hozircha biror bir klub darvozabonning transfer huquqini to'liq sotib olish borasida tavakkal qilishga tayyor emas. Shu sababli, yaqin vaqt ichida to'liq transfer amalga oshishi ehtimoli past baholanmoqda.
Ma'lumot uchun, "Jirona" jamoasi Ter Shtegenni joriy yilning yanvar oyida o'z safiga qo'shib olgan edi. Biroq u yangi jamoasida bor-yo'g'i ikki uchrashuvda maydonga tushib, o'z darvozasidan ikkita gol olib chiqdi.
Shundan so'ng darvozabon navbatdagi jarohatini olib, safdan chiqdi. Germaniyalik posbonning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar imzolangan.
Hozircha klub rahbariyati va murabbiylar shtabi futbolchining kelajagini Kataloniya jamoasi bilan bog'lamayapti.