
Shensni: «Messi men qo'rqqan yagona futbolchi bo'lib qoladi» «Barselona» darvozaboni Voysex Shensni «Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messini faoliyatidagi eng qiyin raqib deb atadi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Polshalik posbon argentinalik yulduzning maydondagi xavflilik darajasi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Jurnalist Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Shensni Messi bilan bo'lgan to'qnashuvlarni alohida e'tirof etgan.
Darvozabonning ta'kidlashicha, Messidan ko'proq gol urgan hujumchilar bo'lsa-da, aynan Lionel uning darvozasi oldida eng katta xavfni yuzaga keltirgan. Shensni Messini o'zi qo'rqqan yagona o'yinchi va «o'ta xavfli ijrochi» deya ta'riflagan.
Ma'lumot uchun, hujumchi Shensni darvozasiga jami uchta gol urishga muvaffaq bo'lgan. 36 yoshli Voysex Shensni 2024-yildan buyon «Barselona» sharafini himoya qilib kelmoqda.
Joriy mavsumda polshalik darvozabon barcha turnirlar doirasida o'nta uchrashuvda maydonga tushdi. Mazkur o'yinlarda u o'z darvozasidan 17 ta to'p olib chiqdi va hozircha birorta bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qola olmadi.
Shensni kataloniyaliklar safiga jarohat olgan asosiy posbon Mark-Andre ter Shtegenning o'rnini to'ldirish uchun taklif etilgan edi.