Gulchehra Jamilova xalqaro Oltin globus mukofoti bilan taqdirlandi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Gulchehra Jamilova xalqaro Oltin globus mukofoti bilan taqdirlandi

O‘zbekiston xalq artisti, mahoratli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosdagi nufuzli mukofot bilan taqdirlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Toshkent shahrida ilk marotaba tashkil etilgan Golden Globes Silk Road Tribute Gala tantanali marosimida san’atkorga Oltin globus mukofoti topshirildi. Mazkur tadbir doirasida aktrisaning ijodiy faoliyati va milliy kino san’atiga qo‘shgan hissasi munosib baholandi.

Taqdirlash marosimi o‘tkazilgani haqidagi lavhalar va aktrisaning mukofotni qabul qilib olayotgan aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, jamoatchilik e’tiborini tortdi. Gulchehra Jamilovaning xalqaro darajadagi ushbu yutug‘i nafaqat uning yaqinlari, balki ko‘plab hamkasblari va muxlislari tomonidan ham katta quvonch bilan kutib olindi.

Internet foydalanuvchilari izohlar qismida aktrisani samimiy tabriklab, unga kelgusi ijodiy ishlarida muvaffaqiyatlar tilashmoqda. Ushbu e’tirof o‘zbek aktrisalarining xalqaro maydondagi o‘rni va nufuzi ortib borayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish