
Amerikalik taniqli xonanda va aktrisa Selena Gomes o‘zining salomatligi hamda odatlari haqida ochiq gapirib o‘tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
San’atkor elektron sigaretalarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilishi uning ovoz tembriga salbiy ta’sir ko‘rsatganini tan oldi. Ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali muxlislariga murojaat qilgan Gomes, ayni damda nikotinga qaramlik bilan kurashayotganini va bu jarayon kutilganidan ham murakkabroq kechayotganini ta’kidladi.
Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, uzoq vaqt davomida elektron sigaretalardan foydalanish uning vokal imkoniyatlariga jiddiy zarar yetkazgan. U ovozini avvalgi holatiga qaytarish imkoni yo‘qligini afsus bilan qayd etib, yoshlarni bu kabi zararli odatlardan tiyilishga chaqirdi.
Selena Gomes o‘z tajribasi orqali nikotinning organizmga, xususan, ijodkorlar uchun eng muhim vosita hisoblangan ovoz paylariga yetkazadigan ziyonini ko‘rsatib berishga harakat qildi. Ushbu holat ko‘plab muxlislar o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.






Izohlar
0