
To‘qsoninchi yillarning yorqin yulduzi bo‘lgan turk xonandasi Tarkanning turmush o‘rtog‘i Pinar Dilek omma nazaridan chetda qolishni istaydigan shaxslar sirasiga kiradi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
U ko‘plab taniqli san’atkorlarning rafiqalari singari model yoki aktrisa emas, balki shaxsiy hayotini jamoatchilik muhokamasidan yiroq tutishni afzal ko‘radigan oddiy inson. Pinar Dilek haqidagi eng qiziqarli jihat shundaki, u dastlab mashhur xonandaning oddiy muxlislaridan biri bo‘lgan va taqdir taqozosi bilan uning hayot yo‘ldoshiga aylangan.
Tarkan va Pinar o‘rtasidagi ilk tanishuv 2011 yilda xonandaning Germaniyada bo‘lib o‘tgan konsertidan keyin yuz bergan. Pinar sahna ortida o‘z kumiri bilan uchrashish imkoniga ega bo‘lgan va aynan shu voqea ularning kelajakdagi munosabatlari uchun debocha vazifasini o‘tagan.
Yillar o‘tib, ushbu tasodifiy uchrashuv chinakam muhabbat va oilaviy rishtalarga aylandi. Bugungi kunda juftlik o‘zlarining osoyishta va shov-shuvsiz hayot tarzini saqlab qolishga harakat qilmoqda.






Izohlar
0