
Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashining 13 noyabr kuni qabul qilingan qarorida poytaxtda aholi salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarning oldini olish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish borasidagi ishlar tahlil qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Hujjatda keltirilgan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2026 yilning yanvar–sentyabr oylari davomida Toshkent shahrida 15–16 yoshli qizlar o‘rtasida jami 7 ta homiladorlik holati kuzatilgan. Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning mos davrida ham xuddi shunday yosh toifasidagi qizlar o‘rtasida 7 ta holat qayd etilgan edi.
Mazkur raqamlar o‘smirlar o‘rtasida tibbiy savodxonlikni oshirish va profilaktika choralarini kuchaytirish zaruratini ko‘rsatmoqda. Shahar kengashi tomonidan qabul qilingan qaror doirasida ta’lim muassasalari va tibbiyot tashkilotlari hamkorligini yanada jadallashtirish, yoshlar o‘rtasida reproduktiv salomatlikni saqlash bo‘yicha tushuntirish ishlarini tizimli tashkil etish vazifalari belgilab olingan.
Ushbu chora-tadbirlar kelgusida o‘smirlar o‘rtasidagi tibbiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash va salbiy holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.






Izohlar
0