«Valensiya» o'z maydonida «Jirona»ni mag'lub etdi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish1

«Valensiya» o'z maydonida «Jirona»ni mag'lub etdi
"Valensiya" o'z maydonida "Jirona"ni mag'lub etdi

Ispaniya chempionatining 32-turidan o'rin olgan uchrashuvda "Valensiya" jamoasi o'z maydonida "Jirona"ni qabul qildi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

"Mestalya" stadionida bo'lib o'tgan bahsda mezbonlar 2:1 hisobida g'alaba qozonib, muhim uch ochkoni qo'lga kiritdi. Uchrashuvning birinchi bo'limida har ikkala jamoa darvozasi daxlsiz qoldi.

Ikkinchi bo'limning 51-daqiqasida Lardji Ramazani hisobni ochib, "Valensiya"ni oldinga olib chiqdi. 60-daqiqaga kelib, mezbonlar sardori Xose Luis Gaya tomonidan yetkazib berilgan to'pni Umar Sadiq raqib darvozasiga joylab, oradagi farqni ikkitaga oshirdi.

"Jirona" futbolchisi Xoel Roka 63-daqiqada gol urib, hisobni qisqartirishga muvaffaq bo'ldi, biroq mehmonlar uchrashuv yakuniga qadar muvozanatni tiklay olishmadi. Ushbu g'alabadan so'ng "Valensiya" ochkolari sonini 39 taga yetkazib, turnir jadvalida 11-o'ringa ko'tarilib oldi.

"Jirona" esa 38 ochko bilan 14-pog'onada qoldi. Ma'lumot uchun, uchrashuvda "Valensiya" safida Stole Dimitriyevski, Sezar Tarrega va Xavi Gerra kabi futbolchilar harakat qilgan bo'lsa, mehmonlar tarkibida Deyli Blind, Viktor Tsigankov hamda Kristian Stuani maydonga tushdi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish