
«Midlsbro» klubining iqtidorli yarim himoyachisi Xeyden Xakni faoliyatini «Everton» safida davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Nufuzli sport jurnalisti va transferlar bo‘yicha ekspert Fabrisio Romanoning xabar berishicha, tomonlar kelishuvga erishgan. Mazkur transfer «Everton» klubiga jami 27 million yevroga tushadi.
Kelishuv shartlariga ko‘ra, dastlabki to‘lov 19 million yevroni tashkil etsa, yana 8 million yevro bonuslar ko‘rinishida to‘lanishi ko‘zda tutilgan. 24 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda Chempionship doirasida «Midlsbro» tarkibida 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, «Midlsbro» jamoasi pley-off bosqichida «Xall Siti»ga imkoniyatni boy berib, Angliya premer-ligasiga chiqish imkoniyatini qo‘ldan boy bergandi. Xakni xizmatlariga avvalroq Angliyaning bir qator grand klublari, xususan, «Liverpul», «Manchester Yunayted» va «Tottenxem» jamoalari qiziqish bildirgan edi.
Biroq yakunda futbolchi aynan «Everton» loyihasini tanladi. Ushbu transfer klubning yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish borasidagi muhim qadamlaridan biri sifatida baholanmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0