
Myunxenning "Bavariya" klubi Marokash terma jamoasi yarimhimoyachisi Ismael Saybarining transferi borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Bu haqda taniqli sport jurnalisti va insayder Fabritsio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qildi. Manbaning qayd etishicha, tomonlar barcha shartlar bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishgan.
Germaniya chempioni 25 yoshli marokashlik futbolchi uchun niderlandiyaliklarga 55 million yevro to‘laydi. Saybari yaqin vaqt ichida AQShda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shundan so‘ng klub ushbu transferni rasman e’lon qiladi.
Ta’kidlash joizki, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar haqidagi dastlabki xabarlar bundan ikki hafta avval paydo bo‘lgan edi. Ismael Saybari o‘tgan mavsumda PSV jamoasining yetakchi o‘yinchilaridan biriga aylandi.
U barcha turnirlar doirasida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 19 marta ishg‘ol qilgan va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Ushbu transfer PSV tarixidagi eng qimmat kelishuvlardan biri sifatida qayd etilishi kutilmoqda.
"Bavariya" tarkibini kuchaytirishda davom etayotgan bo‘lib, Saybarining kelishi jamoa hujum chizig‘idagi raqobatni yanada oshirishi shubhasiz.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0