
Angliyaning «Liverpul» klubi yozgi transferlar oynasi vaqtida hujum chizig‘ini sezilarli darajada kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Taniqli jurnalist Ben Jeykobsning ma’lum qilishicha, mersisaydliklar tarkibni yangilash borasida aniq strategiyani ishlab chiqqan. Klub rahbariyati yozda ikkita qanot hujumchisini yoki bitta qanot o‘yinchisi hamda bitta universal hujumchini jamoaga jalb etishni maqsad qilgan.
«Liverpul»ning transferlar ro‘yxatidagi asosiy nomzodlardan biri «RB Leyptsig» vakili Yan Diomande hisoblanadi. 19 yoshli iqtidorli futbolchi ingliz klubi skautlarida katta taassurot qoldirgan, biroq uning transfer qiymati 100 million yevroni tashkil etishi muzokaralarda jiddiy to‘siq bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, «Liverpul» seleksionerlari nishonida «PSJ» a’zosi, 23 yoshli Bredli Barkola hamda «Nyukasl»ning 25 yoshli futbolchisi Entoni Gordon ham bor. Xabarlarga ko‘ra, agar parijliklar klubi yozda Barkolaga o‘rinbosar topa olsa, futbolchining transferi borasida ijobiy kelishuvga erishish ehtimoli oshadi.
«Liverpul» rahbariyati hozirda ushbu nomzodlar bilan bog‘liq vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda va yaqin vaqt ichida rasmiy takliflar bilan chiqishi kutilmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.





Izohlar
0