
"Manchester Yunayted" klubining sobiq hujumchisi Lui Saha jamoa rahbariyatiga "Chelsi" yarim himoyachisi Entso Fernandes nomzodini ko'rib chiqishni tavsiya qildi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Fransiyalik sobiq futbolchining fikricha, argentinalik o'yinchi "qizil iblislar" markaziy chizig'ini sezilarli darajada kuchaytira oladi. Saha Fernandesning o'yin uslubi jamoa sardori Bruno Fernandesdan farq qilishini, biroq uning maydonni ko'ra olish qobiliyati va to'p bilan xotirjam harakatlanishi jamoa uchun foydali bo'lishini ta'kidladi.
"Entso o'yinni rivojlantirish va hujumlarni tashkil etishda yuqori intellektga ega. U "Chelsi"dagi jamoadoshi Moizes Kajsedo kabi sof tayanch yarim himoyachisi bo'lmasa-da, uning o'yinida agressiya va sifat uyg'unlashgan.
Agar u transfer uchun ochiq bo'lsa, "Manchester Yunayted" bu imkoniyatni qo'ldan boy bermasligi lozim", — deya Sahaning so'zlarini keltirmoqda Goal nashri. Ma'lumot uchun, 25 yoshli Entso Fernandesning "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilning yoziga qadar imzolangan.
"Transfermarkt" portali argentinalik jahon chempionining bozor qiymatini 90 mln yevroga baholamoqda. Joriy mavsumda futbolchining London klubidagi asosiy tarkibdagi o'rni borasida turli muhokamalar yuzaga kelayotgan bir paytda, ushbu transfer ehtimoli mutaxassislar e'tiborini tortmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0