
Bruno Fernandes "Manchester Yunayted" safida Van Persining natijasini takrorladi "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Bruno Fernandes Angliya Premyer ligasining navbatdagi turida "Brentford"ga qarshi bahsda golli uzatmani amalga oshirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Ushbu natija orqali portugaliyalik futbolchi nafaqat Krishtianu Ronalduga yetib oldi, balki klub tarixidagi uzoq yillik ko'rsatkichni ham yangiladi. Fernandes APL doirasidagi ketma-ket yettita uchrashuvda samarali harakat (gol yoki golli uzatma) muallifiga aylandi.
"Manchester Yunayted" futbolchilari orasida bunday sermahsul seriya oxirgi marta 2012/2013 yilgi mavsumda qayd etilgan edi. O'shanda afsonaviy murabbiy Aleks Fergyuson qo'l ostida harakat qilgan niderlandiyalik hujumchi Robin van Persi shunday natijaga erishgan.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" jamoasi Angliya chempionatining navbatdagi turida "Liverpul"ga qarshi maydonga tushadi. Ayni damda Bruno Fernandes jamoaning hujumkor o'yinini tashkil etishda asosiy yetakchi bo'lib qolmoqda.