Pavlyuchenko «Manchester Yunayted» va «Brentford» o'yini g'olibini aytdi

0
Pavlyuchenko «Manchester Yunayted» va «Brentford» o'yini g'olibini aytdi
Angliya premyer ligasining 34-turi doirasida «Manchester Yunayted» o'z maydonida «Brentford» jamoasini qabul qiladi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Mazkur uchrashuv oldidan Londonning «Tottenxem» klubi sobiq hujumchisi Roman Pavlyuchenko o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Sobiq futbolchining ta'kidlashicha, ushbu qarama-qarshilikda «Manchester Yunayted» yaqqol favorit hisoblanadi.

Pavlyuchenko mezbonlarning darajasi va motivatsiyasi ancha yuqori ekanini qayd etdi. Uning so'zlariga ko'ra, «Manchester» jamoasiga Chempionlar ligasi yo'llanmasini beruvchi hududda qolish uchun ochkolar suv va havodek zarur.

Shu sababli, mezbonlar o'z vazifasini uddalab, g'alabani qo'lga kiritishi kutilmoqda. «Manchester Yunayted» hamda «Brentford» jamoalari o'rtasidagi bahs «qizil iblislar»ning uy stadioni — «Old Trafford»da bo'lib o'tadi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00 da boshlanishi rejalashtirilgan. Ma'lumot o'rnida, ayni paytda turnir jadvalida «Manchester Yunayted» 3-o'rinni egallab turibdi.

Mehmonlar — «Brentford» jamoasi esa 9-pog'onadan joy olgan. Mezbonlar uchun ushbu o'yin kuchli to'rtlikdagi o'rnini mustahkamlash nuqtayi nazaridan katta ahamiyatga ega.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari