Mostovoy «Milan» va «Yuventus» uchrashuvi uchun prognoz berdi

0
Mostovoy «Milan» va «Yuventus» uchrashuvi uchun prognoz berdi
Italiya A Seriyasining 34-turi doirasida "Milan" o'z maydonida Turinning "Yuventus" jamoasini qabul qiladi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Mazkur qiziqarli bahs oldidan Rossiya terma jamoasi va "Selta" klubining sobiq futbolchisi Aleksandr Mostovoy o'z prognozi bilan o'rtoqlashdi. Ekspertning fikricha, uchrashuvda har ikki jamoaning imkoniyatlari deyarli teng va o'yin taqdirini bitta vaziyat hal qilishi mumkin.

Mostovoy ushbu qarama-qarshilikda tomonlar murosa yo'lini tanlashini taxmin qilmoqda. "O'yin tomonlardan birining minimal hisobdagi g'alabasi bilan yakunlanishi mumkin, agar kimdir o'z imkoniyatidan unumliroq foydalansa.

Biroq bu uchrashuv uchun eng ma'qul variant — durang. Chamamda, jamoalar 1:1 hisobida ochko bo'lishib olishadi", — deya mutaxassisning so'zlarini keltirmoqda "Stavka TV".

Ma'lumot uchun, "Milan" va "Yuventus" o'rtasidagi bahs bugun, 26-aprel kuni Milandagi "San-Siro" stadionida bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Hozirda turnir jadvalida "Milan" uchinchi, Turin klubi esa to'rtinchi pog'onani egallab turibdi. Jamoalar o'rtasidagi ochkolar farqi minimal darajada ekani o'yinning ahamiyatini yanada oshiradi.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari