
"Real Madrid" rahbariyati "Komo" safida to'p surayotgan o'z tarbiyalanuvchisi Nikolas Pasni ortga qaytarish imkoniyatlarini o'rganmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Biroq futbolchining kelajagi bilan bog'liq vaziyat hozircha noaniqligicha qolmoqda. "Qirollik klubi" kelasi yozda 21 yoshli hujumkor yarim himoyachini qayta sotib olish huquqidan foydalanish niyatida.
Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari allaqachon kelishib olingan. Insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, yakuniy qaror jamoaning bo'lajak bosh murabbiyi pozitsiyasiga bog'liq bo'ladi.
Hozirda "Real Madrid" Pasni asosiy tarkibda sinab ko'rishni rejalashtirgan, ammo yangi murabbiy boshqa futbolchilarga tayanishni afzal ko'rsa, vaziyat o'zgarishi mumkin. Bunday holatda futbolchi ancha yuqori narxda boshqa klubga sotib yuborilishi ehtimoli mavjud.
Eslatib o'tamiz, shartnomadagi bandga ko'ra, "Real Madrid" Pasni 8 mln yevro evaziga qaytarish huquqiga ega. Transfermarkt portali esa iqtidorli yarim himoyachining bozor qiymatini 65 mln yevroga baholamoqda.
Nikolas Pas joriy mavsumda Italiya chempionatida o'zining yorqin o'yinlari bilan ko'plab mutaxassislar e'tiborini tortishga ulgurdi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0