"Barselona" La Ligada ketma-ket o'nta o'yinda g'alaba qozondi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

"Barselona" La Ligada ketma-ket o'nta o'yinda g'alaba qozondi
Kataloniyaning "Barselona" klubi Ispaniya chempionati doirasida "Osasuna" ustidan g'alaba qozonib, turnir jadvalidagi peshqadamligini yanada mustahkamladi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Ushbu muvaffaqiyat evaziga jamoa La Ligadagi ketma-ket g'alabali seriyasini o'nta o'yinga yetkazishga muvaffaq bo'ldi. Ma'lumot uchun, kataloniyaliklar so'nggi bor joriy yilning 16-fevral kuni "Jirona"ga qarshi bahsda ochko yo'qotgan edi.

O'shanda "Barselona" 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchragan. Shundan so'ng boshlangan muvaffaqiyatli odim shanba kungi bahsdagi g'alaba bilan davom etdi.

Klub tarixida bunday ko'rsatkich oxirgi marta 2016-yilning bahorida qayd etilgan. O'sha paytda Luis Enrike qo'l ostida harakat qilgan "Barselona" ketma-ket 12 ta uchrashuvda g'alaba qozonib, yakunda Ispaniya chempionligini qo'lga kiritgan edi.

Amaldagi tarkib ushbu natijani yangilash imkoniyatiga ega. Jamoa navbatdagi uchrashuvini "Real Madrid"ga qarshi o'tkazadi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish