Olbrayton: «Vardining uyiga borish uchun politsiya hamrohligi kerak bo'ldi»

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Olbrayton: «Vardining uyiga borish uchun politsiya hamrohligi kerak bo'ldi»
«Lester» klubining sobiq yarim himoyachisi Mark Olbrayton 2016-yilda Angliya Premyer ligasida qo‘lga kiritilgan tarixiy g‘alabadan so‘ng shaharda yuzaga kelgan vaziyat haqida gapirib berdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Futbolchining so‘zlariga ko‘ra, chempionlikni nishonlash uchun Jeymi Vardi xonadoniga yetib borishning imkoni bo‘lmagan. «Ko‘chalarda odamlar juda ko‘p edi, hamma cheksiz quvonch ichida yo‘llarni to‘sib qo‘ygandi.

Vardining uyiga yetib olish uchun politsiya hamrohligini so‘rashga majbur bo‘ldim. Ben Chiluell ham xuddi shunday muammoga duch kelgani yodimda.

Shuni aytishim kerakki, o‘tgan o‘n yil ichida biror kun yo‘qki, mendan o‘sha g‘alaba haqida so‘rashmagan bo‘lsa», — deya Olbraytonning so‘zlarini keltirmoqda derbyderbyderby.it nashri. Ma’lumot uchun, kecha «Lester Siti»ning Angliya chempioni bo‘lganiga roppa-rosa o‘n yil to‘ldi.

Mazkur muvaffaqiyat futbol tarixidagi eng kutilmagan voqealardan biri sifatida e’tirof etiladi. Shahar ko‘chalari minglab muxlislar bilan to‘lib-toshgani sababli, o‘shanda ko‘plab futbolchilar bayram tadbiriga yetib borishda qiyinchiliklarga duch kelgan edi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish