
«Barselona» vingeri Markus Reshford La Liga doirasida «Osasuna» ustidan qozonilgan g'alabadan (2:1) so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Kataloniyaliklar raqib mudofaasini faqat 81-daqiqaga kelib yorib o'tishga muvaffaq bo'ldi. Mazkur vaziyatda angliyalik futbolchi Robert Levandovskiga golli uzatmani yetkazib berdi.
O'yindan keyingi suhbatda jurnalist Reshfordning uzatmasini yuqori baholadi va undan taassurotlari haqida so'radi. «Barselona» meni aynan mana shunday vaziyatlarda jamoaga yordam berish va sovrinlar yutish uchun transfer qilgan.
Oktyabr oyidagi birinchi «el-klasiko»dan keyin aytganimdek, La Liga — bu sprint emas, balki marafondir. Hozirda biz chempionlikni naqd qilish arafasida turibmiz», — deya ta'kidladi «Manchester Yunayted» klubidan ijara asosida o'tayotgan 28 yoshli futbolchi.
Keyingi turda «Barselona» aynan «Real Madrid»ga qarshi maydonga tushadi. Biroq chempionlik taqdiri «el-klasiko»ga qadar ham hal bo'lishi mumkin.
Agar ertaga «Real Madrid» jamoasi «Espanyol»ni mag'lub eta olmasa, «ko'k-anorranglilar» ochkolar borasida raqiblari uchun yetib bo'lmas darajaga chiqadi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0