Xitoyning BYD kompaniyasi sof foydasi 55 foizga kamaydi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Xitoyning BYD kompaniyasi sof foydasi 55 foizga kamaydiBYD kompaniyasi sof foydasi 55,4 foizga kamaydi

Xitoyning BYD avtoishlab chiqaruvchisi 2026 yilning birinchi choragi yakunlari bo'yicha moliyaviy ko'rsatkichlar keskin pasayganini e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Kompaniyaning sof foydasi o'tgan yilning mos davriga nisbatan 55,4 foizga qisqarib, 4,09 mlrd yuanni tashkil etdi. Ixbt.com nashrining xabar berishicha, ushbu ko'rsatkich 2020 yildan buyon qayd etilgan eng yirik choraklik pasayish bo'ldi.

Shuningdek, korxonaning umumiy daromadi qariyb 12 foizga kamayib, 150,2 mlrd yuanga tushgan. Hozirda BYD asosan Xitoy ichki bozorida qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Arzon elektromobillar savdosi orqali yetakchilikni qo'lga kiritgan brend endilikda agressiv narxlar raqobati va davlat soliq imtiyozlarining qisqarishi salbiy ta'sirini sezmoqda. Hisobot davrida kompaniya jami 700 463 ta elektrlashtirilgan avtomobil sotgan bo'lib, bu o'tgan yilga qaraganda 30 foizga kamdir.

Ichki bozordagi pasayish fonida BYD rahbariyati xalqaro eksportni kuchaytirish va qimmatroq segmentga o'tish strategiyasini amalga oshirmoqda. Xususan, Pekin avtosalonida kompaniya yangi modellarini namoyish etdi.

Ular orasida narxi 250 ming yuandan boshlanadigan Datang yo'ltanlamasi alohida e'tibor qozondi. Mazkur model taqdimotning birinchi kunidayoq 30 mingdan ortiq buyurtma yig'ishga muvaffaq bo'ldi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish