
Marku Silva: «Biz "Arsenal"ning ishini osonlashtirib yubordik»
Angliya Premyer ligasining navbatdagi turida "Fulxem" o'z maydonida "Arsenal" jamoasini qabul qildi va 0:3 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Uchrashuvda "kanonirlar" safida Viktor Dyokeres dubl qayd etgan bo'lsa, yana bir golga Bukayo Saka mualliflik qildi. O'yindan so'ng "Fulxem" bosh murabbiyi Marku Silva mag'lubiyat sabablari haqida to'xtalib o'tdi.
Silva raqibning g'alabasini munosib deb baholagan bo'lsa-da, o'z shogirdlarining birinchi bo'limdagi harakatlaridan norozi ekanini bildirdi. Uning ta'kidlashicha, jamoa o'yinning dastlabki qismida kerakli darajani ko'rsata olmagan va bu raqibga katta ustunlik taqdim etgan.
Shuningdek, murabbiy "Arsenal" futbolchilarining yuqori mahorati va kuchli pressingini alohida e'tirof etdi. Hozirda Mikel Arteta boshqaruvidagi "Arsenal" 76 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Londonliklar yaqin ta'qibchisi "Man Siti"dan 6 ochkoga o'zib ketgan, biroq "shaharliklar" hisobida yana ikkita zaxira o'yini mavjud. "Fulxem" esa 48 ochko bilan jadvalning 10-pog'onasidan joy olgan.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0