Garri Rednapp: «Arsenal» juda muhim g'alabani qo'lga kiritdi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Garri Rednapp: «Arsenal» juda muhim g'alabani qo'lga kiritdi
«Tottenxem» klubi sobiq bosh murabbiyi Garri Rednapp London derbisida «Arsenal» jamoasining «Fulxem» ustidan qozongan ishonchli g'alabasiga munosabat bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Mikela Arteta shogirdlari raqib darvozasiga javobsiz uchta gol urib, yirik 3:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvda Viktor Dyokeres dubl qayd etgan bo'lsa, yana bir golga Bukayo Saka mualliflik qildi.

«Arsenal» juda muhim va ajoyib g'alabani qo'lga kiritdi. Bugun yutuqqa erishish jamoa uchun o'ta ahamiyatli edi.

Ayniqsa, birinchi bo'limdagi o'yin maqtovga loyiq. Maylz Lyuis-Skellining maydonga tushishi ko'pchilik uchun kutilmagan hol bo'ldi, biroq u dastlabki daqiqalardanoq o'zining shijoati va g'ayratini namoyish eta oldi.

Bu harakatlar jamoadoshlariga qo'shimcha kuch va xotirjamlik bag'ishladi. Bunday qaror uchun murabbiy Artetani alohida e'tirof etish lozim», — deya Rednappning so'zlarini keltirmoqda Sky Sports nashri.

Ushbu muvaffaqiyatdan so'ng «Arsenal» turnir jadvalida 76 ochko bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda. Ikkinchi o'rindagi «Man Siti» hisobida 70 ochko mavjud, biroq Gvardiola jamoasining zaxirasida yana ikkita o'yin bor.

Angliya chempionligi uchun kurash qizg'in pallaga kirdi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish