
«Nissa» va «Lans» uchrashuvida g'olib aniqlanmadi
Fransiya chempionatining 32-turi doirasida «Nissa» o'z maydonida «Lans» jamoasini qabul qildi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
«Alyans Rivera» stadionida bo'lib o'tgan bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Turning markaziy uchrashuvlaridan biri hisoblangan ushbu o'yinda «Lans» uchun g'alaba o'ta muhim edi.
Boisi, chempionat peshqadami PSJ jamoasi «Loryan»ga qarshi o'yinda ochko yo'qotganidan so'ng, mehmonlarda farqni qisqartirish uchun yaxshi imkoniyat yuzaga kelgan edi. Birinchi bo'limda «Lans» futbolchilari sezilarli ustunlikka ega bo'lishsa-da, hisobni ochishning imkoni bo'lmadi.
Ikkinchi bo'limda mehmonlarning bosimi o'z samarasini berdi. Uchrashuvning 61-daqiqasida Allan Sen-Maksimen aniq zarba bilan «Lans»ni hisobda oldinga olib chiqdi.
Biroq o'yin yakunlanishiga oz vaqt qolganida, mezbonlar muvozanatni tiklashga muvaffaq bo'lishdi. 84-daqiqada Ali Abdi raqib darvozasini ishg'ol qilib, «Nissa»ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.
Ta'kidlash joizki, mehmonlar bahs yakunini bir kishi kam bo'lib o'tkazishdi — Saud Abdulhamid maydondan chetlatildi. Ushbu durangdan so'ng «Lans» ochkolari sonini 64 taga yetkazib, Fransiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinni saqlab qoldi.
«Nissa» esa 31 ochko bilan 15-pog'onada bormoqda. Keyingi turlarda jamoalarni turnir jadvalidagi o'rnini yaxshilash uchun jiddiy sinovlar kutmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0