Magnes Akliush faoliyatini Pari Sen-Jermen safida davom ettiradi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Magnes Akliush faoliyatini Pari Sen-Jermen safida davom ettiradi


"Monako" klubi vingeri Magnes Akliush faoliyatini "Pari Sen-Jermen" safida davom ettiradi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Bir necha kun avval xabar qilinganidek, monegasklar 24 yoshli futbolchini parijliklarga 50 million yevro evaziga sotishga rozi bo‘lishgan edi. Nufuzli insayder Fabrisio Romanoning ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining o‘zi ham transferga yakuniy roziligini bildirgan va tomonlar shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Kelasi hafta davomida Akliush Parijga yetib borib, tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va "PSJ" bilan 2031-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan rasmiy shartnomani imzolaydi. Fransiyalik futbolchi "Monako" safida jami 139 ta uchrashuvda maydonga tushib, 23 ta gol urishga va 28 ta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgan.

Shuningdek, u Fransiya terma jamoasi safida 10 ta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol va ikkita golli pas muallifiga aylangan. Ushbu transfer parijliklar jamoasining hujum chizig‘ini yanada kuchaytirishi kutilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish