
Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi "Marsel" jamoasi vingeri Meyson Grinvudning agenti bilan bog'landi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Bu haqda jurnalist Bershan Tashkaya o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma'lum qildi. Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, Istanbul klubi angliyalik futbolchiga to'rt yillik shartnoma taklif qilgan.
Unga ko'ra, Grinvudning yillik maoshi 10 million yevroni tashkil etishi ko'zda tutilgan. Avvalroq, futbolchi "Roma" klubi bilan 2031-yilga qadar mo'ljallangan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgani va uning maoshi yiliga 5 million yevro etib belgilangani haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Fenerbaxche" rahbariyati ushbu transferni imkon qadar tezroq yakunlab, "Roma"ni ortda qoldirmoqchi. Agar tomonlar shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishsa, turkiyaliklar darhol "Marsel" klubi bilan rasmiy muzokaralarni boshlaydi.
Eslatib o'tamiz, 24 yoshli vinger o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda jami 45 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U ushbu bahslarda raqiblar darvozasini 26 bor ishg'ol qilib, 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Hozirgi vaqtda "Roma" klubi futbolchini sotib olish uchun "Marsel"ga to'lovlarni bo'lib-bo'lib to'lash tizimini taklif qilmoqda. Transfer bozori uchun kurash qizg'in pallaga kirgan.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0