
"Barselona" jamoasining 20 yoshli vingeri Runi Bardgji jarohat olgan Lamin Yamalning o'rniga asosiy tarkibdan joy oldi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Shvetsiyalik futbolchi "Xetafe"ga qarshi kechgan so'nggi uchrashuvda (2:0) maydonga tushib, 60-daqiqaga qadar harakat qildi. Shundan so'ng u Markus Reshfordga almashtirildi.
Jurnalist Gabriel Sansning xabar berishicha, jamoa murabbiylar shtabi yosh futbolchining harakatlarini ijobiy baholagan. Bardgji uchrashuv davomida uzatmalarning aniqligi bo'yicha 100 foizlik natija qayd etgan va jami besh marta raqib jarima maydoniga to'p uzatgan.
Bu ko'rsatkich bo'yicha u jamoada eng yaxshi natijani ko'rsatdi. Shunga qaramay, bosh murabbiy Hans-Diter Flik shvetsiyalik futbolchidan raqib darvozasi oldida yanada qat'iyatliroq o'yin kutayotganini ta'kidlagan.
Ma'lumot uchun, "Xetafe" bilan bahsda "Barselona" gollariga Fermin Lopes va Markus Reshford mualliflik qildi. Hozirda klub shifokorlari Yamalning tiklanish jarayonini nazorat qilmoqda, uning yo'qligida esa Bardgjiga ko'proq imkoniyat berilishi kutilmoqda.