
«Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kechayotgan kurash haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Yakshanba kuni turinliklar «San-Siro» stadionida «Milan» bilan durang o‘ynadi (0:0). Ayni paytda «Yuventus» 64 ochko bilan turnir jadvalining to‘rtinchi pog‘onasini egallab turibdi.
Biroq ta’qibchilar — «Komo» va «Roma» jamoalari 61 tadan ochko to‘plagan holda turinliklar bilan oifani qisqartirgan. Spalletti jurnalistlar bilan suhbatda Chempionlar ligasiga chiqish uchun kurash mavsum yakuniga qadar davom etishini ta’kidladi.
Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, «Roma» hozirda yaxshi sport formasiga kirgan, «Komo» esa qiyin kechgan safar uchrashuvida g‘alaba qozonib, o‘z ambitsiyalarini namoyish etgan. «Biz o‘z o‘rnimizga loyiq ekanimizni isbotlash uchun faqat g‘alaba qozonishimiz shart.
Aynan mana shunday bosim ostida kim «Yuventus»da o‘ynashga munosib ekani ayon bo‘ladi», — dedi «Yuventus» ustozi. Italiya chempionatining 35-turida Spalletti shogirdlari o‘z maydonida «Verona»ni qabul qiladi.
Mazkur uchrashuv 3-may kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan. Turinliklar uchun ushbu bahs turnir jadvalidagi o‘rnini mustahkamlab olish uchun muhim ahamiyatga ega.