Jek Grilish Manchesterdagi bardan mast holda uxlab qolganini suratga olishdi

0
Jek Grilish Manchesterdagi bardan mast holda uxlab qolganini suratga olishdi
Angliya terma jamoasi va “Man Siti” klubining yarim himoyachisi Jek Grilish Manchesterdagi bir bardan mast holda uxlab qolgani aks etgan suratlar paydo bo’ldi. Xorijiy OAV xabariga ko'ra, jarohati tufayli uzoq vaqtdan beri maydonga tusha olmayotgan futbolchi do'stlari bilan dam olish paytida stulda uxlab qolgan. 30 yoshli futbolchi joriy yilning yanvar oyida oyog'idan olgan jarohati sababli jarrohlik o'tkazgan va mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi.

Guvahilarning aytishicha, Grilish spirtli ichimliklar ta'sirida bo'lgan va o'zini nazorat qila olmagan. Do'stlari uni uyg'otishga urinishgan, ammo futbolchi stulda behush holatda qolib ketgan. Ushbu voqea bilan bog'liq suratlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi va muhokamalarga sabab bo'ldi.

Jek Grilish avval ham tungi klublardagi dam olishlari va tartibsiz hayoti bilan mashhur edi. Xususan, 2023 yilda “Man Siti” klubi bilan treblni qo'lga kiritgandan so'ng u bir necha kun davom etgan tantanali tadbirlarda ishtirok etgan. Hozirda futbolchining kelajagi noma'lum, “Everton” klubi uni 50 million funtga sotib olish imkoniyatiga ega, biroq klub transfer narxini kamaytirishni rejalashtirmoqda.

Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni va AQSh klublaridan ham Grilishga qiziqish bildirganligi haqida xabarlar tarqalyapti. Futbolchining jarohati tufayli 2026 yildagi Jahon chempionatida ishtirok etishi ham so'roq ostida.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari