
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Dietter Flik jamoaning 20 yoshli vingeri Runi Bardjini haqida fikr bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
"Runi — ajoyib futbolchi. U dunyoning eng yaxshi futbolchilari yonida o'ynayapti va haqiqatan ham ko'p narsani o'rgandi.
Men unga mavsum yakunlangach, kelajagi haqida gaplashishimizni aytdim, chunki hozir bu haqda so'zlashishga to'g'ri vaqt emas", - deya Flikning so'zlaridan iqtibos keltiradi BarçaTimes. Avvalroq xorij OAVlarida "Barselona" shved hujumchisini ijaraga berishi mumkinligi haqida ma'lumotlar tarqalgandi.
Bardjini o'tgan yozda "Kopengagen"dan "Barselona"ga o'tgan edi. Kataloniyaliklar tarkibida vinger barcha turnirlarda 23 uchrashuvda maydonga tushib, ikki gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0