
Myunxenning "Bavariya" jamoasi Chempionlar ligasi yarim finalining dastlabki uchrashuvida PSJga qarshi maydonga tushib, 4:5 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Vensan Kompani shogirdlari uchun o‘yin yanada yomonroq yakunlanishi mumkin edi: uchrashuvning 58-daqiqasiga kelib parijliklar 5:2 hisobida oldinga chiqib olishdi. Biroq mehmonlar qisqa vaqt ichida ikkita gol urib, hisobdagi farqni minimal darajagacha qisqartirishga muvaffaq bo‘lishdi.
Opta tahliliy ma’lumotlariga ko‘ra, "Bavariya" 31 yildan buyon ilk bor yevrokuboklar doirasidagi bitta o‘yinda o‘z darvozasidan beshta gol olib chiqdi. Bunday holat oxirgi marta 1995-yil aprel oyida sodir bo‘lgan edi.
O‘shanda myunxenliklar yarim final bahsida Niderlandiyaning "Ayaks" jamoasiga 2:5 hisobida imkoniyatni boy bergan. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 6-may kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadi.
Mazkur qarama-qarshilik g‘olibi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi va hal qiluvchi bahsda "Atletiko" hamda "Arsenal" juftligi g'olibi bilan chempionlik uchun kurash olib boradi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0