
Italiyalik afsonaviy futbolchi Andrea Pirlo jahon chempionati starti va turnir favoritlari haqidagi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Uning ta’kidlashicha, ushbu musobaqada Braziliya terma jamoasi yashirin favorit hisoblanadi. Pirlo bunga asosiy sabab sifatida jamoani boshqarayotgan murabbiy Karlo Anchelottining tajribasi va uning g‘oliblik ruhiyatini keltirib o‘tdi.
Ma’lumki, Pirlo o‘z vaqtida "Milan" safida aynan Anchelotti qo‘l ostida ko‘plab yutuqlarga erishgan va murabbiyning taktikasini yaxshi biladi. "Braziliya terma jamoasini juda qiziqarli raqiblar kutib turibdi.
Marokash va Norvegiya kabi jamoalar bilan bahslar oson kechmaydi, ammo men baribir braziliyaliklarning imkoniyatini yuqori baholayman. Ishonchim komilki, Anchelotti yana bir bor o‘zining murabbiylik mahorati va sehrini namoyish eta oladi.
Shuningdek, turnirda Ispaniya terma jamoasidan chiroyli o‘yin kutmoqdaman. Xususan, Pedri va Lamin Yamal kabi yosh iqtidor egalari muxlislarga haqiqiy futbol shousini taqdim etishlari kerak", - deya Pirlo so‘zlarini keltirib o‘tdi derbyderbyderby.it nashri.
Eslatib o‘tamiz, braziliyalik futbolchilar turnirdagi o‘zlarining ilk uchrashuvini bir necha soatdan so‘ng Marokash terma jamoasiga qarshi o‘tkazadilar. Mutaxassislar va muxlislar ushbu bahsni katta qiziqish bilan kutishmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0