Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga amalga oshirgan tashrifi doirasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan Gullar festivalini borib ko‘rdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Ushbu madaniy tadbir so‘nggi yillarda o‘z ko‘lami va nufuzi jihatidan sezilarli o‘sishga erishdi. Statistika shuni ko‘rsatadiki, festivalning ahamiyati va qamrovi yildan yilga kengayib bormoqda.
Xususan, 2018 yilda atigi 3 kun davom etgan ushbu bayram 2025 yilga kelib 40 kunlik uzoq muddatli madaniy tadbirga aylandi. Mazkur o‘zgarishlar sayyohlik salohiyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Agar ilgari xorijiy mehmonlar soni 25 ming nafarni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda bu ko‘rsatkich 800 ming nafargacha yetdi. Joriy yilda o‘tkazilayotgan 65-xalqaro Gullar festivali 24 may sanasidan boshlab o‘z ishini boshladi va har yili minglab insonlarni o‘z atrofida jamlashda davom etmoqda.
Ushbu festival nafaqat viloyatning, balki butun mamlakatning turizm salohiyatini xalqaro miqyosda namoyon etuvchi muhim maydonga aylandi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0