Xivada Lazgi uchinchi xalqaro raqs festivali boshlandi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish2

Xivada Lazgi uchinchi xalqaro raqs festivali boshlandiXivada "Lazgi" III xalqaro raqs festivali boshlandi

Qadimiy Xiva shahridagi Ichan-qal'a majmuasida "Lazgi" III xalqaro raqs festivalining tantanali ochilish marosimi o'tkazildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur nufuzli tadbirda dunyoning ko'plab mamlakatlaridan kelgan raqs san'ati ustalari, YUNESKO vakillari, xalqaro diplomatlar hamda soha olimlari jam bo'ldi. Tashrif buyurgan mehmonlar Xivaning tarixiy muhiti va milliy madaniyat namunalaridan bahramand bo'lishdi.

Tadbirning ochilish qismida Prezidentning festival ishtirokchilariga yo'llagan tabrigi o'qib eshittirildi. Tabrik matnida "Lazgi" raqsi qariyb uch ming yillik boy tarixga ega ekani hamda bugungi kunda jahon miqyosidagi yirik sahnalarda munosib e'tirof etilayotgani qayd etildi.

Shuningdek, ushbu raqs turi nafaqat san'at namunasi, balki xalq ruhiyatini, milliy qadriyatlarni va turli sivilizatsiyalar o'rtasidagi madaniy muloqotni ifodalovchi noyob meros sifatida yuqori baholandi. Festival doirasida turli davlatlar vakillari o'z mahoratlarini namoyish etishi kutilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish