Toshkent markazidagi bir necha ko'chada transport harakati vaqtincha cheklanadi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Toshkent markazidagi bir necha ko'chada transport harakati vaqtincha cheklanadiToshkentda 2-maydan boshlab qator markaziy ko'chalarda harakat cheklanadi

Toshkent shahar hokimligi poytaxt markazidagi bir necha ko'chalarda transport harakati vaqtincha to'xtatilishini e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur cheklovlar 2-maydan 11-mayga qadar amal qiladi. Ma'lum qilinishicha, yo'llarning yopilishi poytaxtda o'tkaziladigan "Tashkent Flowers Fest — 2026" gullar festivali bilan bog'liq.

Madaniy tadbirning asosiy qismi 7–9-may kunlari O'zbekiston Milliy kutubxonasi oldidagi maydonda bo'lib o'tadi. Tayyorgarlik ishlari va festival o'tkazilishi munosabati bilan quyidagi hududlarda harakat cheklanishi belgilangan:

Zarafshon ko'chasining "Hyatt Regency Tashkent" mehmonxonasi yaqinidan Mustaqillik shoh ko'chasigacha bo'lgan qismi;
Istiqlol ko'chasining Amir Temur shoh ko'chasi va Buyuk Turon ko'chasi oralig'idagi hududi;
Buyuk Turon ko'chasining Istiqlol ko'chasi bilan kesishmasidan Yoshlar ijod saroyigacha bo'lgan qismi.

Mutasaddilar haydovchilardan ushbu muddat davomida harakat yo'nalishlarini qayta ko'rib chiqishni va tirbandliklarning oldini olish uchun muqobil yo'llardan foydalanishni so'ramoqda. Festival doirasida shahar aholisi va mehmonlari uchun turli gullar ko'rgazmalari hamda madaniy tomoshalar namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish