Ko'p kvartirali uylarni saqlash bo'yicha yangi tartib tasdiqlandi

Bekzod Nazarov2 daqiqalik o'qish

Ko'p kvartirali uylarni saqlash bo'yicha yangi tartib tasdiqlandiKo'p kvartirali uylarni saqlash bo'yicha yangi tartib tasdiqlandi

O'zbekistonda ko'p kvartirali uylarda istiqomat qiluvchi aholi uchun binolardan foydalanish va ularni saqlashga oid yangi qoidalar joriy etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Adliya vazirligi tomonidan 29 aprel kuni davlat ro'yxatidan o'tkazilgan hujjatga ko'ra, endilikda uylarning kirish yo'laklari va zinapoyalari har haftada kamida bir marotaba tozalanishi majburiy etib belgilandi. Shuningdek, lift xonalari ham haftalik tozalash grafigiga kiritildi va lift uskunalarini doimiy texnik nazoratdan o'tkazish talabi qo'yildi.

Yangi tartibga muvofiq, uylarni boshqarish organlari zimmasiga binoning umumiy texnik pasportini yuritish vazifasi yuklatildi. Boshqaruv tashkilotlari binoning yuk ko'taruvchi konstruksiyalari, videokuzatuv va domofon tizimlarining uzluksiz ishlashini ta'minlashi, zarur jihozlarni xarid qilishi shart.

Binolarning yerto'la va umumiy hududlarida muntazam ravishda dezinfeksiya hamda deratizatsiya ishlari o'tkaziladi. Agar yerto'lada suv to'planishi yoki quvurlar nosozligi kuzatilsa, mas'ullar 24 soat ichida muammoni bartaraf etishi lozim.

Hujjatda ko'p kvartirali uylarda shovqin darajasini sanitariya me'yorlaridan oshirmaslik va fasad qismiga reklama vositalarini faqat mulkdorlar roziligi bilan o'rnatish belgilangan. Shu bilan birga, aholi uchun bir qator taqiqlar joriy etildi.

Xususan, balkonlarda og'ir buyumlarni saqlash, tashqi tomonga kiyim ilish, isitish tizimini o'zboshimchalik bilan o'zgartirish va zinapoyalarda yonuvchi materiallar qoldirish man etiladi. Avtotransport vositalarini bolalar maydonchalari, trotuar hamda kirish yo'laklari oldida qoldirish ham qonunbuzarlik deb hisoblanadi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish