O'zbekistonda 1 maydan bir qator huquqiy va ijtimoiy o'zgarishlar kuchga kiradi
2026 yil 1 maydan boshlab O'zbekistonning huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim islohotlar amalga oshiriladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Yangi tartiblar xavfsizlik, raqamlashtirish, sog'liqni saqlash va tadbirkorlik yo'nalishlarini qamrab olgan. Ko'p qavatli uylarda xavfsizlik choralari kuchaytiriladi
Yangi qurilayotgan turar joy binolariga qo'yiladigan talablar qat'iylashtirildi.
Endilikda loyiha hujjatlarida ko'p qavatli uylarning kirish qismi, liftlar va bino atrofiga videokuzatuv kameralari hamda zamonaviy domofon tizimlarini o'rnatish majburiy tartibda ko'zda tutilishi shart. To'rt hududda «aqlli» migratsiya shoxobchalari tashkil etiladi
Migratsiya jarayonlarini raqamlashtirish maqsadida Toshkent, Samarqand, Farg'ona viloyatlari va Qoraqalpog'istondagi bittadan tumanda tajriba tariqasida «Smart migration stations» punktlari ochiladi.
Sun'iy intellekt yordamida ishlaydigan ushbu shoxobchalarda fuqarolar inson omilisiz o'z-o'ziga xizmat ko'rsatishlari mumkin bo'ladi. Umra ziyorati va tibbiyotdagi yangiliklar
Ziyorat turizmini tartibga solish maqsadida Umra safariga boruvchilar uchun «Haj va Umra» yagona portali orqali ro'yxatdan o'tish majburiyati yuklanmoqda.
Sog'liqni saqlash sohasida esa yurak-qon tomir kasalliklariga qarshi kurashish bo'yicha xalqaro «Stent for Life» va «Action Plan for Stroke» dasturlari asosida milliy rejani amalga oshirish boshlanadi. Tadbirkorlik va bojxona sohasidagi yengilliklar
Biznes vakillari uchun litsenziya olish jarayonlari to'liq raqamlashtirilib, «Litsenziya» axborot tizimi yoki Yagona portal orqali amalga oshiriladigan bo'ldi.
Bojxona to'lovlarini davriy deklaratsiya qilishda har bir tovar partiyasi uchun alohida to'lov qilish imkoniyati berilmoqda. Shuningdek, standartlardan foydalanish ixtiyoriy etib belgilandi va yangi cheklovlar haqida kamida 3 oy oldin xabar berish tartibi joriy qilindi.
Ijtimoiy xizmatlar va arxiv tizimi soddalashtirildi
Nogironligi bo'lgan shaxslarga davolanish uchun yo'llanma berish va navbatga qo'yish jarayoni nogironlikni belgilash bilan bir vaqtda hal etiladi. Arxiv sohasida esa ortiqcha ma'lumotnomalar talab qilish to'xtatildi.
Endilikda idoralar zarur ma'lumotlarni «Arxiv» axborot tizimi orqali mustaqil ravishda qo'lga kiritadilar.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0