
Andijon viloyatida bank boshqarmasi rahbar o'rinbosari pora olishda ayblanib ushlandi. Xabar qilinishicha, mansabdor shaxs kredit olish uchun garovga qo'yilgan mulklarni sotish jarayonida noqonuniy harakatlar qilayotganligi aniqlangan. U lavozimidan bevosita foydalanib, garovdagi mulkni arzon narxda sotishga belgilagan.
Ushbu holat Asaka tumanida joylashgan 16,8 milliard so'mlik tibbiyot markazi binosi misolida namoyon bo'ldi. Avvalroq auktsion savdosidan o'ta olmagan ushbu ob'ektning narxi sun'iy ravishda pasaytirilgan va tadbirkorga qulay shartlarda sotish taklif qilingan. Bunga evaziga 90 ming AQSh dollari talab qilingan.
Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan o'tkazilgan tezkor amaliyot davomida, mansabdor shaxs 40 ming dollar olishda qo'lga tushirilgan. Uning qilmishlari to'liq hujjatlashtirilib, jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda, aniqlanishicha, ushbu holatda boshqa shaxslar ham ishtirok etishi mumkin. Tergov natijalari bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlar keyinroq e'lon qilinadi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0