
"Inter" keyingi mavsumning favoritlari qatoridan joy oladi, degan fikrda sobiq italiyalik futbolchi Massimmo Mauro. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Uning fikricha, chempionlik uchun kurashga qaytishni istagan "Milan" va "Yuventus" klublariga kuchaytirishlar zarur bo'ladi. Mauroning so'zlariga ko'ra, "Milan" keyingi mavsum uchun hozirdanoq tayyorgarlikni boshlashi kerak.
Joriy mavsumda jamoa Chempionlar ligasi zonasidan joy olishi mumkin, ammo keyingi mavsumda chempionlik uchun kurashish va o'sish uchun Rabiot va Modrich kabi darajadagi kamida uch nafar futbolchini sotib olish zarur. Aks holda, keyingi chempionat ham "Inter" hukmronligi ostida o'tadi, deydi Mauro.
Eslatib o'tamiz, Massimmo Mauro futbolchilik faoliyatini 1993-yilda yakunlagan.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0