
Italiya terma jamoasi va Rimning "Latsio" klubi sobiq darvozaboni Luka Markedjani "Milan"ning muammolarini o'ziga xos tarzda tahlil qildi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Uning fikricha, jamoaning asosiy muammolari, g'alati tuyulsa-da, yarimhimoyada ekan. "Menimcha, muammo aynan yarimhimoyada - hatto Modrich bo'la turib ham.
Muammo Rabioda, o'yin shunday qurilganki, Rabio jarimaxonaga kirib, hujumlarni yakunlashi kerak, aslida esa u hujumchilarni to'p bilan ta'minlashi lozim. Rabio bo'lmaganda esa, hamma narsa buziladi.
Mening fikrimcha, Allegri o'ziga ishonchli bo'lgan futbolchilarga haddan tashqari ko'p e'tibor qaratmoqda", - deydi Markedjani pianetamilan.it saytiga bergan intervyusida. Eslatib o'tamiz, Massimiliano Allegri va Adrien Rabio avvalroq Turinning "Yuventus" klubida ham muvaffaqiyatli hamkorlik qilgan edi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0