Dreame kompaniyasi rahbari modulli smartfon prototipini namoyish etdi
Dreame Technology asoschisi va bosh direktori Yu Xao kompaniya tomonidan ishlab chiqilayotgan modulli smartfon aks etgan videoni e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Qurilmaning oq rangli orqa panelida joylashgan doirasimon kamera moduli magnit kontaktlar yordamida osongina yechiladi va qayta ulanadi. Bu haqda Ixbt.com nashri xabar berdi.
Smartfonning old panelida selfi kamerasi mavjud, biroq videoda displey yoniq holatda ko'rsatilmagan. Shu sababli qurilmaning boshqa texnik xususiyatlari hozircha ochiqlanmadi.
Dreame jamoasi 2024 yil yanvar oyida Janubi-g'arbiy Yevropa dilerlari konferensiyasida modulli qurilmalar seriyasini taqdim etgan edi. Mart oyida Digital Chat Station insayderi Dreame Aurora mobil fotografiyaga ixtisoslashgan flagman bo'lishini ma'lum qildi.
Taxminlarga ko'ra, olinadigan kamera moduli shaxsiy SoC tizimi, sensori, akkumulyatori va aloqa moduliga ega bo'ladi. Qurilmalar maxsus kontaktlar yordamida o'zaro bog'lanadi.
Shu haftada Ispaniyada bo'lib o'tgan taqdimotda kompaniya Aurora liniyasining prototiplarini namoyish etdi. Tadbirning asosiy yangiligi g'ayrioddiy konsepsiyaga ega Aurora Nex LS1 flagmani bo'ldi.
Avvalroq Yu Xao Apple va Samsung kompaniyalarini ortda qoldirib, bozorda yetakchilikni qo'lga kiritishni maqsad qilganini ta'kidlagan edi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0