Apple eng arzon Mac mini modelini sotuvdan oldi
Apple kompaniyasi Mac mini va Studio kompyuterlari taqchilligi kutilayotgani haqida ogohlantirgandan so'ng, ushbu turkumdagi eng arzon bazaviy modelni sotuvdan chiqardi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Ixbt.com nashrining ma'lum qilishicha, endilikda foydalanuvchilar 256 GB SSD xotiraga ega versiyani xarid qila olmaydi. Kompaniya ushbu konfiguratsiyani rasmiy saytdagi ro'yxatdan butunlay olib tashlagan.
Mazkur o'zgarish natijasida Mac mini kompyuterining boshlang'ich narxi 600 dollardan 800 dollargacha ko'tarildi. Shunday qilib, bazaviy modelni sotib olmoqchi bo'lgan mijozlar endi qo'shimcha 200 dollar to'lashiga to'g'ri keladi.
Mutaxassislar 256 GB NAND flesh-xotirasining tannarxi joriy bozor narxlarida ancha past ekanligini ta'kidlamoqda. Tahlilchilarning taxminiga ko'ra, bunday yondashuv kelajakda MacBook Neo noutbuklari savdosida ham qo'llanilishi mumkin.
Biroq noutbuklar segmentida versiyalar o'rtasidagi farq 100 dollarni tashkil etishi kutilmoqda. Hozircha Apple ushbu qarorning texnik yoki iqtisodiy sabablari yuzasidan batafsil izoh bermadi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0