Apple Mac Studio va Mac mini kompyuterlari tanqisligini e’lon qildi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Apple Mac Studio va Mac mini kompyuterlari tanqisligini e’lon qildiApple kompyuterlari taqchilligi bir necha oy davom etishi kutilmoqda

Apple kompaniyasi Mac Studio va Mac mini kompyuterlari bozorda bir necha oy davomida tanqis bo'lishini e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Ixbt.com nashri xabar berdi. Kompaniya bosh direktori Tim Kukning ta'kidlashicha, ushbu qurilmalarga bo'lgan talab va taklif o'rtasidagi muvozanatni tiklash uchun kamida bir necha oy vaxt talab etiladi.

Kuk ushbu holatni xaridorlarning sun'iy intellekt vositalari bilan ishlashda mazkur platformalar afzalliklarini kutilganidan ancha tez anglab yetgani bilan izohladi. Mazkur omil kompyuterlarga bo'lgan talabning keskin ortishiga sabab bo'lgan.

So'nggi vaqtlarda Mac mini va Mac Studio modellarini yetkazib berish jarayonida sezilarli kechikishlar kuzatilmoqda. Hozirda ayrim modifikatsiyalarni kutish muddati bir necha oygacha cho'zilib ketgan.

Apple 512 GB tezkor xotiraga ega Mac Studio sotuvini butunlay to'xtatdi. Bundan tashqari, katta hajmli xotira bilan jihozlangan ba'zi modellar uchun buyurtmalar qabul qilish ham to'xtatilgan.

O'tgan haftada Apple onlayn do'konida Mac mini qurilmasining tayanch varianti zaxirada qolmagani sababli savdodan olib tashlandi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish